● Delivery across Uzbekistan +998931799779
Books

Labbay, Allohim, labbay! (Umra qo'llanmasi)

69 000 sum 129 000 sum−47%

🕋 “Labbay, Allohim, labbay!” — Umra safaridagi hamrohingiz Aziz birodar! Har bir amali alohida ibodat hisoblangan, sharafli va masʼuliyatli umra safaringiz muborak boʻlsin! 🌙 Siz Allohning nazari tushga…

1
Order now
Delivery across Uzbekistan, 1–2 days
Pay in cash or by card on delivery
Quality guarantee, 10-day returns

Description

🕋 “Labbay, Allohim, labbay!” — Umra safaridagi hamrohingiz

Aziz birodar! Har bir amali alohida ibodat hisoblangan, sharafli va masʼuliyatli umra safaringiz muborak boʻlsin!

🌙 Siz Allohning nazari tushgan ikki muqaddas shahar — Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara sari yoʻl olmoqdasiz! Shunday ekan, mazkur safarning, bu tabarruk makonning ahamiyatini anglab, bir necha kungina davom etadigan musofirlikni gʻanimat biling!

📖 Umraga otlangan har bir musulmon bu ibodat asnosida bajariladigan amallarni yaxshi bilib olishi zarur. Ushbu qoʻllanma ayni shu maqsadda tayyorlangan boʻlib, unda umra qilish tartibi, umraning odoblari hamda umra qiluvchilar saqlanishi kerak boʻlgan ishlarni sodda va tushunarli tilda bayon qilishga harakat qildik.

🤲 Safar davomida bu qoʻllanmada koʻrsatilmagan biror vaziyat yuzaga kelib qolsa, Alloh taoloning “Bilmasangiz, zikr ahlidan soʻrang” degan amriga binoan, guruh boshliqlaridan, ellikboshilardan soʻrab, bilib olishingizni tavsiya qilamiz.

✨ Qadrli dindoshim! Alloh taolo ushbu buyuk ibodatni Oʻz dargohida husni qabul aylasin, barcha duolaringizni ijobat etsin, Qiyomat kuni mazkur safaringizni faqat va faqat foydangizga hujjat qilsin!

You may also like

Related products

69 000 sum